» » O‘zbekistonda bir haftada 409 mln so‘mlik 33 ta “chiroyli” avtoraqam sotildi

O‘zbekistonda bir haftada 409 mln so‘mlik 33 ta “chiroyli” avtoraqam sotildi


Joriy yilning 5-martidan 11-martigacha bo‘lgan davr mobaynida O‘zbekiston Respublikasi tovar xomashyo birjasining onlayn auksionlari orqali 33 ta avtomobil raqam belgilari sotildi. Bu haqda birja maxsus axborot portali xabar bermoqda. Bulardan 28 tasi jismoniy shaxslarga, 5 tasi yuridik shaxslarga sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 409 million so‘mni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning deyarli 64 foizi oliy toifadagi avtoraqamlar hissasiga to‘g‘ri keldi, 21% bitimlar 2-toifa avtoraqamlar va 15% bitimlar 3-toifa avtoraqamlar bo‘yicha tuzildi.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avtohavaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 33 foizga yetdi. Keyingi o‘rinda Farg‘ona viloyati – 18%, uchinchi o‘rinda esa Andijon va Samarqand viloyati xaridorlari 15% ulush bilan egalladi. Qolgan viloyatlarning umumiy ulushlari 19 foizni tashkil etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют