» » Apple kompaniyasi Xitoydagi korxonalardan birida iPhone ishlab chiqarishni to‘xtatdi

Apple kompaniyasi Xitoydagi korxonalardan birida iPhone ishlab chiqarishni to‘xtatdi


Apple o‘zining mashhur iPhone smartfonlarini Xitoydagi korxonalardan birida ishlab chiqarishni to‘xtatdi. Bunga kompaniya hamkorlaridan birining sertifikatga ega bo‘lmagan qismlardan foydalanganligi sabab bo‘ldi, deb xabar beradi “MobInfo.uz”.

Hisobiga Xitoyda ishlab chiqariladigan iPhone 8 Plus smartfonlarining 20 foizi to‘g‘ri keluvchi Wistron kompaniyasi qurilmalarni yig‘ishda Apple sertifikatiga ega bo‘lmagan suv o‘tkazmaydigan ehtiyot qismlardan foydalangan.

Wistron bu kabi smartfonlardan qanchasini yig‘gani va ulardan nechtasi xaridorlar qo‘liga yetib borgani noma’lum. Biroq ushbu hodisa kompaniya imidjiga ta’sir ko‘rsatdi — uning aksiyalari besh foizga tushib ketgan.

Zavodda qurilmalarni yig‘ish ikki haftaga to‘xtatildi. Ammo xitoyliklar “olma”siz qolmaydi: smartfonlarning aksariyati Foxconn kompaniyasining korxonalarida ishlab chiqariladi. Uning hisobiga Xitoyda ishlab chiqariladigan Apple qurilmalarining 80 foizi to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, Tayvanning Foxconn kompaniyasi MDH va boshqa mamlakatlarga iPhone smartfonlarini yetkazib beradi. Zavod Gonkong yaqinidagi Shenchjen shahrida joylashgan. Foxconn kompaniyasining zavodlari nafaqat Xitoyda, balki Chexiya, Vengriya, Hindistonda ham mavjud.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют