» » Toshkent yuridik kolleji sobiq direktorining jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi

Toshkent yuridik kolleji sobiq direktorining jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi


2018-yil 16-mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudida Toshkent yuridik kolleji sobiq direktori Natalya Temirovaning jinoyat ishiga oid sud jarayoni boshlandi, deb xabar berdi O‘zA.

O‘tgan yilning 6-oktabr sanasida mazkur kollej hududida shu kollejning uch o‘quvchisi o‘rtasida yuz bergan kelishmovchilik ulardan birining o‘limi bilan tugagan edi.

O‘zbekiston Prezidenti ham bu voqeaga e’tibor qaratib, kollej sobiq direktori Temirova ushbu holatga yo‘l qo‘ygani hamda juda ko‘p miqdorda kollej mablag‘larini o‘zlashtirish, mansabini suiiste’mol qilish kabi jinoyatlarni sodir etgani uchun bugun qonun oldida javob berishini ta’kidlagandi.

Sodir bo‘lgan mudhish voqeadan keyin Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan ushbu kollejda tekshirish o‘tkazdi. Natijada bu o‘quv maskanida boshqa jinoyatlar sodir bo‘layotgani ham aniqlandi va jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Mavzuga doir: Toshkent yuridik kolleji direktori lavozimidan ozod etildi

Mazkur jinoyat ishiga aloqador bo‘lgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan ayblanayotgan Natalya Temirovaga nisbatan 2017-yil 25-noyabr kuni qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 105) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют