» » Kursdoshini pichoqlab, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan Toshkent yuridik kolleji o‘quvchisining ishi sudga oshirildi

Kursdoshini pichoqlab, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan Toshkent yuridik kolleji o‘quvchisining ishi sudga oshirildi


Kursdoshini pichoqlab, uning hayotdan ko‘z yumishiga sababchi bo‘lgan Toshkent yuridik kollejining 3-kurs o‘quvchisi Saidkamron Saidvaliyevning ishi sudga oshirildi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.

UZ24’ning Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda shahar prokuraturasi vakili Bobir Dehqonov e’lon qilgan ma’lumotlarga asoslanib xabar berishicha, Saidvaliyev sodir etgan jinoiy ish bo‘yicha tergov jarayoni yakuniga yetgan.

Xabar berishlaricha, jinoiy ish ayni vaqtda jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida ko‘rib chiqilmoqda. Xabarda sud qachon bo‘lishi haqida qo‘shimcha axborot berilmagan.

Toshkent yuridik kollejidagi o‘quvchilardan birining o‘limi bilan tugagan hodisa 6-oktabr kuni tongda yuz bergan edi. Kollejning 3-kurs o‘quvchilari — 2000-yilda tug‘ilgan Saidkamron Saidvohidov, Asadbek Parpiboyev va 1999-yilda tug‘ilgan Rahmatilla Yorqoriyev o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan.

Saidkamron Saidvohidov pichoq bilan Asadbek Parpiboyev va Rahmatilla Yorqoriyevning chap oyoq son qismiga bir martadan urib tan jarohati yetkazgan. Natijada Parpiboyev olgan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan, Yorqoriyevga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga yuborilgan.

Bu voqeadan ko‘p o‘tmay kollej direktori Natalya Temirova ishdan olindi va, Toshkent shahar prokuraturasi vakili Bobir Dehqonovning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda qamoqda saqlanmoqda.

Опубликовано: admin (30-12-2017, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют