» » Rossiya BMT Xavfsizlik kengashida anneksiyaga qadar Qrim “tashlandiq hudud” bo‘lganligini ma’lum qildi

Rossiya BMT Xavfsizlik kengashida anneksiyaga qadar Qrim “tashlandiq hudud” bo‘lganligini ma’lum qildi


Anneksiyaga qadar Qrim go‘yoki “tashlandiq hudud” bo‘lgan. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining BMT huzuridagi doimiy vakili o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy Xavfsizlik kengashining 15-mart kuni bo‘lib o‘tgan majlisida ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Uning so‘zlariga qaraganda, qrimliklarni Ukraina fuqaroligidan xalos bo‘lishga Ukraina rasmiylarining o‘zi undagan.

“Qrim Ukraina tarkibida tashlandiq hudud edi”, — deya ta’kidladi Rossiya vakili.

U to‘rt yil davomida yarimorolda sezilarli darajada oldinga siljish yuz berganligi, ish haqi va pensiyalar ko‘tarilganligi, jinoyatchilik darajasi pasayganligi, Qrim ko‘prigi qurilishi deyarli yakunlanganligini ta’kidladi.

“Biz himoyaga aylandik va 2,5 million kishining hayotini qutqarib qoldik”, — dedi Polyanskiy. “Qrimning bosib olinganligi haqida har qancha gapirish mumkin, biroq bunday bo‘lmagan”, — deya ta’kidladi Rossiya vakili.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют