» » Xitoydagi noshirlik uyi Stiven Xokingning kitobini 1 mln nusxada chop etishga buyurtma oldi

Xitoydagi noshirlik uyi Stiven Xokingning kitobini 1 mln nusxada chop etishga buyurtma oldi


Xitoydagi Hunan Science and Technology Press noshirlik uyi britaniyalik mashhur fizik olim Stiven Xokingning kitobini 1 million nusxada chop etishga buyurtma oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Xoking asarlarining Xitoydagi yagona chop etuvchisi bo‘lgan noshirlik uyi vakiliga ko‘ra, olimning o‘limi kitoblariga bo‘lgan qiziqishni yana oshirib, buyurtmalar soni keskin ko‘payishiga olib keldi. Uning ko‘plab kitoblari mamlakat internet-do‘konlarida sotib bo‘lingan, shu sababli xaridorlar faqat buyurtma berishi mumkin.

Noshirlik uyi Xokingning “Vaqtning qisqacha tarixi” kitobini ilk bor 1992-yilda e’lon qilgandi. Keyingi 26 yil davomida olimning yana 10 dan ortiq kitobi chop etildi.

Ma’lumot uchun, Xoking uch marotaba Xitoyga tashrif buyurgan, mamlakat rahbarlari bilan uchrashgan, hatto Buyuk Xitoy devorida ham bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют