» » OAV: Turkiya qo‘shinlari Afrinni o‘qqa tutishni boshladi, 18 kishi halok bo‘lgan

OAV: Turkiya qo‘shinlari Afrinni o‘qqa tutishni boshladi, 18 kishi halok bo‘lgan


Turkiya artilleriyasi 16-mart, erta tongdan buyon Suriya shimolidagi Afrin shahrini o‘qqa tutmoqda. Bu haqda, kurdlarning Firat agentligiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, al-Qadim, Ashrafiya va Mahmudiya tumanlarida kamida 18 kishi halok bo‘lgan.

Aholi istiqomat qiladigan dahalarga sezilarli darajada zarar yetgan. Agentlikning yozishicha, qulab tushgan binolar ostida jarogat olganlar bor. Kurd Qizil yarim oy jamiyati xodimlari ko‘ngillilardan iborat brigada bilan qutqaruv ishlarini olib bormoqda.

Avvalroq shaharni himoya qiluvchi kurdlarning “Xalq o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlari”ga turk aviatsiyasi tomonidan zarbalar berilgandi. Firat’ning yozishicha, bunda olti kishi halok bo‘lgan.

Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi yanvar oyida “Xalq o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlari” bo‘linmalari va “Demokratik ittifoq” partiyasiga mansub kurdlarga qarshi “Zaytun novdasi” nomli harbiy operatsiyalarni boshlagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют