» » Putin Rossiya hukumatiga mamlakatni dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari beshligiga kirishini ta’minlashni topshirdi

Putin Rossiya hukumatiga mamlakatni dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari beshligiga kirishini ta’minlashni topshirdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumat va Markaziy bankka 2024-yilga kelib mamlakatni dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari beshligiga kirishini ta’minlashni topshirdi. Bu haqda davlat rahbarining yordamchisi Andrey Belousov ma’lum qildi, deb xabar beradi EADaily.

Buning uchun Rossiya yalpi ichki mahsulotini 1,5 foizga oshirib, Germaniyani ortda qoldirishiga to‘g‘ri keladi. Birinchi to‘rt qatorni esa AQSh, Xitoy, Yaponiya va Hindiston egallagan.

Putin Rossiyaning 2024-yilgacha bo‘lgan milliy maqsadlarining belgilab berdi. Ular orasida aholi soni va daromadlarining ko‘payishi, umr ko‘rish va hayot darajasining oshirilishi, pensiyalar miqdori ortishi, qashshoqlikni ikki barobar kamaytirilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Mazkur maqsadlarni amalga oshirib, Rossiya dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari beshligiga kirishi ko‘zda tutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют