» » Ovqat va gadjetlarning uyqu sifatiga ta’siri haqida ma’lum qilindi

Ovqat va gadjetlarning uyqu sifatiga ta’siri haqida ma’lum qilindi


Rossiya davlat tibbiyot universiteti mutaxassisi Mixail Poluektovning ta’kidlashicha, uyqusizlikning asosiy ikkita turi mavjud: stress holatida yuzaga keladigan o‘tkir turi ko‘pincha uning sabablari bartaraf bo‘lishi bilan yo‘qoladi. Xronik uyqusizlik esa aholining 10 foizida uchraydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, u sutka davomida bir necha marta qisqa muddatga uyquga ketish, ya’ni polifazali uyqu ustida ish olib bormoqda. Polifazali uyquning eng qulay shakli ikki martali uyqu — bir marta uzoq muddatli va bir marta qisqa muddatli hisoblanadi. Ma’lum bo‘lishicha, tushki vaqtdan keyingi bir martalik uyqu mehnat unumdorligini oshiradi.

Ekspertning fikricha, odam uyqusi XIX asrdan boshlab sezilarli darajada qisqargan. Bunga “Edisson effekti” deb ataluvchi sun’iy yorug‘likning yaratilgani sabab bo‘lgan. Mutaxassisning ta’kidlashicha, gadjetlar odam uyqusiga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, faqatgina uyqu uchun ajratilgan vaqtni oladi. Kattalarga uyqudan bir soat, bolalarga esa ikki soat oldin faol ish bilan shug‘ullanmaslik tavsiya qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют