» » Toshkent viloyatidagi IIB boshliqlari mas’ulligidagi sektorlarda 18 ta kitob do‘koni ochildi (foto)

Toshkent viloyatidagi IIB boshliqlari mas’ulligidagi sektorlarda 18 ta kitob do‘koni ochildi (foto)


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirining topshirig‘iga asosan, ichki ishlar organlari rahbarlari boshchiligidagi Toshkent viloyatida hududlardagi sektorlarda kitob do‘konlari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Do‘konlar ilmiy-ma’rifiy, badiiy, ensiklopedik, bolalar va jahon adabiyotlari bilan ta’minlanmoqda. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

16-mart kuni Toshkent viloyatidagi shahar va tumanlarning IIB boshliqlari mas’ulligidagi sektorlarda 18 ta zamonaviy kitob do‘konlari tashkil etildi.

Kitob do‘konlari ochilishi natijasida 12 ta tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi hamda 6 ta xo‘jalik subyektlarining (MChJ) filiallari ochildi. Hozirda 4 ta kitob do‘konini ta’mirlash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda va tez kunlarda ularning faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Yuqori Chirchiq tumanida “Kitob dunyosi” majmuasining ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat va tuman hokimligi mas’ullari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, tuman faollari va yoshlar ishtirok etdi.

O‘zAning qayd etishicha, kitobxonlar do‘kondagi “Jahon adabiyoti durdonalari”, “O‘zbek adabiyoti namunalari”, “Metodik qo‘llanmalar”, “Bolajonlar uchun ertak kitoblar” va shu kabi turli bo‘limlardan istagan kitobni belgilangan narxda sotib olishi mumkin.

Toshkent viloyatidagi IIB boshliqlari mas’ulligidagi sektorlarda ochilgan kitob do‘konlarida kutubxonalar ham tashkil etilgan bo‘lib, kitobxonlar kitobni o‘qish uchun uni ma’lum muddatga olib ketishiga ruxsat etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2018, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют