» » Si Szinpin yana besh yil muddatga Xitoy raisi etib saylandi

Si Szinpin yana besh yil muddatga Xitoy raisi etib saylandi


Butunxitoy xalq vakillari yig‘ini deputatlari bir ovozdan Si Szinpinni yana besh yil muddatga Xitoy rahbari etib sayladi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.

Saylov 17-mart, shanba kuni Butunxitoy xalq vakillari yig‘inining 13-chaqiriq birinchi sessiyasi beshinchi yalpi majlisida bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan 2970 nafar deputatning barchasi Si Szinpinning foydasiga ovoz berdi.

Bundan tashqari Si Szinpin Xitoy markaziy harbiy kengashi raisi lavozimiga qayta saylandi. Kommunistik partiyaning korrupsiyaga qarshi kurashish organining sobiq kotibi Van Sishan esa Xitoy raisi o‘rinbosari etib saylandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют