» » Portugaliyadagi ko‘rgazmada dunyodagi eng qimmat shokolad taqdim etildi

Portugaliyadagi ko‘rgazmada dunyodagi eng qimmat shokolad taqdim etildi


Portugaliyaning Obidush shahrida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada dunyodagi eng qimmat shokolad namoyish etildi, deb xabar berdi Reuters.

Cheklangan miqdorda — ming donadan iborat mazkur shokolad portugaliyalik qandolatchi Daniel Gomes tomonidan tayyorlangan. Unga shafran tolalari, oq tryufel bo‘laklari, Madagaskar vanili va  iste’mol qilsa bo‘ladigan 23 karatli oltin qo‘shilgan. Uning qiymati 7728 yevroni tashkil etadi.

Gomesning ta’kidlashicha, uning shokoladi Ginnesning rekordlar kitobida “dunyodagi eng qimmat shokolad” nomi ostida qayd etilgan. Obidushdagi ko‘rgazmada shokoladlarni ikki nafar politsiyachi qo‘riqlab turgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют