» » Savdo-sanoat palatasi o‘z a’zolariga elektron guvohnoma berish tizimini joriy etdi

Savdo-sanoat palatasi o‘z a’zolariga elektron guvohnoma berish tizimini joriy etdi


Savdo-sanoat palatasi tomonidan tuzilma a’zolariga elektron guvohnoma berish tizimi joriy etildi. Bu haqda palata axborot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu elektron guvohnomada palata a’zosining yuridik nomi, tashkiliy-xuquqiy shakli, soliq to‘lovchining indetifikatsion raqami (STIR), guvohnomaning amal qilish muddati va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan. Bunday tizimni joriy etishdan maqsad palata a’zolari haqidagi ma’lumotlarni palataning elektron bazasidan tekshirish imkoniyatini yaratish, elektron shaklda guvohnomalar yuborish orqali vaqtni tejash, guvohnoma olish muddati va topshirish bilan bog‘liq xarajatlarni qisqartirishdan iborat.

Guvohnomani qalbakilashtirishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida uni tekshirishning 3 xil ko‘rinishi — QR-kod, palata rasmiy veb-saytiga havola va palata koll-markazi raqami (telefon orqali a’zolikni aniqlash maqsadida) ko‘zda tutilgan.

Guvohnomaning yangi elektron ko‘rinishi birinchi navbatda palata a’zoligiga endi qo‘shilgan tadbirkorlar va a’zolik guvohnomasining amal qilish muddati o‘tganlarga beriladi. Keyinchalik bosqichma-bosqich barcha palata a’zolari guvohnomalari elektron shaklga o‘zgartiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют