» » Samarqandda Mirziyoyevning tashrifi arafasida to‘siq oqlayotgan o‘qituvchi halok bo‘ldi. Prezident matbuot kotibi hodisa yuzasidan chora ko‘rilishini aytdi

Samarqandda Mirziyoyevning tashrifi arafasida to‘siq oqlayotgan o‘qituvchi halok bo‘ldi. Prezident matbuot kotibi hodisa yuzasidan chora ko‘rilishini aytdi


O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Komil Allamjonov Samarqanddagi ko‘cha tozalash ishlariga jalb etilgan 23 yoshli o‘qituvchi Diana Inikovaning vafoti yuzasidan o‘rganish olib borilayotganini ma’lum qildi. Allamjonov bu haqda Facebook’dagi sahifasidagi muhokama davomida aytib o‘tgan.

17-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi boshlandi. Shu munosabat bilan, Davlat rahbarining matbuot kotibi Facebook’dagi sahifasida tashrifdan ko‘zlangan maqsad hamda tashrif kun tartibi haqida qisqa axborot posti qoldirgan.

Mazkur post ostida boshlangan muhokamada esa Facebook foydalanuvchilaridan biri shunday savol bilan Prezident matbuot kotibiga murojaat qilgan:

Hokimlar Prezident kelishidan sal oldin asosan o‘qituvchilarni katta va kichik yo‘l yoqalariga chiqarib, tozalash ishlariga “majburlaydi”. Shu to‘g‘rimi? Yoki bu kichkina masala hisoblanadimi? Bir necha kun oldin Samarqand katta ko‘chasini tozalayotgan vaqtda 23 yoshli o‘qituvchi mashina urib ketishi natijasida vafot etgan. Umuman shu kabi “hokimlarga xos” an’ana qachon tugatiladi?

Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov bu savolga quyidagicha javob qaytargan:

Bo‘lib o‘tgan hodisa, albatta, juda achinarli. Fojiaga olib kelgan sabablar hozirda o‘rganilmoqda. Natijasiga ko‘ra tegishli choralar belgilanadi. O‘z nomimdan marhumaning oilasi va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etaman.

Komil Allamjonov, O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi

Eslatib o‘tamiz, 14-mart kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida ko‘cha tozalash ishlariga jalb qilingan 23 yoshli Diana Inikovani katta yo‘ldagi to‘siqlarni oqlash chog‘ida yuk mashinasi urib ketgan.

Mavzuga doir: OAV: Samarqandda ko‘cha tozalash ishlariga jalb qilingan 23 yoshli o‘qituvchi halok bo‘ldi

Inikova zudlik bilan shifoxonaga olib borilganiga qaramay, u vafot etgan. 15-mart kuni Diana Inikova dafn qilingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u endigina oliygohni tamomlab, maktabda mehnat ta’limi fanidan dars bera boshlagan edi.

Qayd etishlaricha, mazkur mudhish hodisa ham o‘qituvchilarning ko‘cha tozalash ishlariga jalb etilishini to‘xtata olmagan — 16-mart kuni tarqatilgan xabarlarda Samarqand viloyatida o‘qituvchilar hali ham ko‘chalarda ishlashda davom etayotgani ta’kidlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют