» » Rossiyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida 1,5 mingdan ortiq xalqaro kuzatuvchi ishtirok etadi

Rossiyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida 1,5 mingdan ortiq xalqaro kuzatuvchi ishtirok etadi


Rossiyada 18-mart kuni o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etish istagidagi 1,5 mingdan ziyod xalqaro kuzatuvchilar ro‘yxatga olindi. Bu haqda Federatsiya kengashining Xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Konstantin Kosachevga tayanib, O‘zA xabar berdi.

“Rossiyada o‘tishi kutilayotgan prezidentlik saylovlarida akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro kuzatuvchilarning umumiy soni 1,5 mingdan oshdi. O‘tgan safargi saylovlarda mingdan ortiq kuzatuvchilar ishtirok etgani inobatga olinsa, bu rekord degani”, — deya qayd etgan Kosachev MDH Parlamentlararo Assambleyasi tomonidan tashrif buyurgan kuzatuvchilar bilan uchrashuvda.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiyada o‘tadigan saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etish taklifi dunyoning 41 mamlakati va 6 xalqaro tashkilotiga, shuningdek, 500 ga yaqin xorijiy siyosatchilar va jamoat tashkilotlari vakillariga jo‘natilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют