» » Rossiya kommunistlari yetakchisi Gennadiy Zyuganov prezidentlik saylovlarida ishtirok etadi

Rossiya kommunistlari yetakchisi Gennadiy Zyuganov prezidentlik saylovlarida ishtirok etadi


KPRF partiya tashkilotlari Rossiyada 2018-yili bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida Gennadiy Zyuganov nomzodini ilgari surishga qaror qildi. Bu haqda uning o‘zi Birinchi kanal efirida ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.

“Men harakat yetakchisiman. Nomzodimni barcha tashkilotlar ilgari surdi”, — dedi Zyuganov.

KPRF tomonidan nomzod taqdim etish haqidagi qaror partiyaning joriy yil dekabrida bo‘lib o‘tadigan syezdida rasman qabul qilinadi. Syezd saylovlar o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon qilingandan so‘ng bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Rossiya kommunistlari yetakchisi Gennadiy Zyuganov Rossiya prezidentligiga 4 marotaba (1996, 2000, 2008 va 2012-yillar) da’vogarlik qilgan va har gal ikkinchi o‘rinni egallagan.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют