» » Namanganda vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashgan 30 ga yaqin tibbiyot xodimi ishdan bo‘shatildi

Namanganda vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashgan 30 ga yaqin tibbiyot xodimi ishdan bo‘shatildi


Namangan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbariyati tomonidan tizimdagi davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari va xodimlariga nisbatan talabchanlik tobora kuchaytirilmoqda. Joriy yilning dastlabki oylarida viloyat bo‘yicha o‘z vazifasiga noloyiq 30 ga yaqin tibbiyot xodimi ishdan bo‘shatilib, ular o‘rniga tashabbuskor va tashkilotchi mutaxassislar tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga boshqarma axborot xizmati ma’lum qildi.

Jumladan, Kosonsoy tumani tibbiyot birlashmasining rahbariyati to‘la tarkib bilan, ya’ni birlashma boshlig‘i B.Xoldorov, uning o‘rinbosari R.Abdullayev, koordinator M.Toshmatov, markaziy poliklinika mudiri M.Karimova, poliklinika bosh feldsheri A.Abdullayev o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragani uchun vazifasidan ozod etildi.

Shuningdek, Namangan tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi mudiri N.Qosimova, shu tumandagi 14-qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri N.Irisova, To‘raqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli “Shohidon” qishloq vrachlik punkti mudiri Z.Xushmatova, Norin tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 18-qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri G.Shamsutdinovaga nisbatan ham shunday chora qo‘llanildi.

Onalik va bolalik muhofazasiga doir vazifalarni bajarishdagi mas’uliyatsizligi, berilgan topshiriqlar ijrosiga bepisandlik bilan munosabatda bo‘lganligi oqibatida tumanda bolalar va go‘daklar o‘limi ko‘rsatkichlari ortib ketishiga yo‘l qo‘yganligi uchun To‘raqo‘rg‘on va Mingbuloq tumanlari tibbiyot birlashmalari boshliqlarining onalik va bolalik muhofazasi bo‘yicha o‘rinbosarlari Z. Zokirova hamda O.Qo‘ldoshev, Pop tumani tibbiyot birlashmasi tug‘ruqxona bo‘limi mudiri Sh.Latifova, tug‘ruq bo‘limi akusher-ginekologi M.Egamberdiyeva va navbatchi hamshirasi G.Nurmatova ham vazifasidan bo‘shatildi.

Shuningdek, birlamchi tizimda qoniqarsiz ish tashkil etayotgan shifokor va hamshiralar bilan ham murosasozlik muhitiga barham berilmoqda. Ular yo‘l qo‘yayotgan kamchiliklarni tuzatish bilan birga, o‘zlariga nisbatan tegishli tashkiliy va intizomiy choralar ko‘rib borilmoqda.

Jumladan, Chust tumanidagi 44, 45, 46-qishloq oilaviy poliklinikasi mudirlari A.Turg‘unov, M.Xalilova, H.Lutfillayevga o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizi miqdorida jarima solindi. Yangiqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 58-qishloq vrachlik punkti mudiri M.Tursunboyeva, Namangan shahridagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikaning akusher-ginekologi M.Yakubboyeva, 1, 10, 13-oilaviy poliklinikalari umumiy amaliyot shifokorlari Sh.Ortiqboyev, V.Salomov, N.Mavlonova, M.Nishonova, A.Siddiqova, M.Ibragimov, Uchqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasining 39-qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri M.Zayniddinovaga hayfsan berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2018, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют