» » Namanganning Norin tumanida yangi oilaviy poliklinika foydalanishga topshirildi

Namanganning Norin tumanida yangi oilaviy poliklinika foydalanishga topshirildi


Norin tumanida qishloq oilaviy poliklinikasi taqdimoti o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

19-sonli qishloq oilaviy poliklinikasining foydalanishga topshirilishi hudud aholisi uchun katta voqea bo‘ldi. Ilgari “Norinkapa”da istiqomat qiluvchilar 20 kilometrdan ortiq yo‘l bosib, tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasiga qatnar edi. Endi qator ixtisosliklar — pediatr, stomatolog, jarroh, terapevt, akusher-ginekolog va UTT shifokorlari “Bog‘” mahallasida joylashgan poliklinikada odamlarning uzog‘ini yaqin qilmoqda.

“Norinkapa”, “Soy bo‘yi”, “Istiqlol”, “Yangi Farg‘ona”, “Changitma”, “Xo‘jaqo‘rg‘oncha” mahallalarida istiqomat qiluvchi 17 ming nafardan ortiq aholi uchun xizmat qiluvchi ikki qavatli yangi tibbiyot maskanida barcha shart-sharoitlar mavjud.

Tez tibbiy yordam shoxobchasi ham poliklinika binosiga joylashdi, 3 ta brigada tunu kun el xizmatida. Kunduzgi shifoxona, stomatologiya xizmati, ultratovush tekshiruvi, laboratoriya eng yangi tibbiyot anjomlari bilan ta’minlandi. Binoni ta’mirlash uchun 130 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi.

Mazkur qishloq oilaviy poliklinikasida “Elektron poliklinika” tizimi joriy etiladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-10-2017, 18:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют