WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Toshkentning ba’zi chorrahalarida qizil chiroqda o‘ngga burilishga ruxsat beriladi
Toshkentning ba’zi chorrahalarida qizil chiroqda o‘ngga burilishga ruxsat beriladi
Toshkentning Nurafshon—Beruniy va Nurafshon—Mannon Uyg‘ur ko‘chalari kesishgan chorrahalarda tajriba tariqasida qizil chiroqda o‘ngga burilishga ruxsat beruvchi yo‘l belgilari o‘rnatildi.
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi sayti xabariga ko‘ra, ushbu yo‘l belgilari shahar IIBB boshlig‘ining ko‘rsatmasiga muvofiq ko‘chalarning o‘tkazuvchanligini oshirish maqsadida o‘rnatilmoqda.
Svetofor bilan yonma-yon o‘rnatiladigan tajriba yo‘l belgilari barcha transport vositalari va piyodalarga yo‘l berib, so‘ng svetoforning qizil chirog‘ida o‘ngga burilishiga ruxsat etadi.
YHXBning qayd etishicha, bunday yo‘l belgilari shaharning boshqa chorrahalariga ham o‘rnatilishi kutilmoqda.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?