» » Qudratillo Abduqahhorov 12 raund davom etgan jangda g‘olib chiqdi

Qudratillo Abduqahhorov 12 raund davom etgan jangda g‘olib chiqdi


O‘zbekistonlik professional bokschi Qudratillo Abduqahhorov kecha Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

To‘qnashuvda Qudratilloga vengriyalik Laslo Tot raqiblik qildi. 12 raund davom etgan jangda Qudratillo raqibini ochkolar hisobiga mag‘lub eta oldi. Jang yakunlanganiga ko‘ra hakamlar 118-110, 118-111, 117-111 hisobida o‘zbekistonlik bokschining g‘alaba qozonganligini qayd etdi.

Mazkur g‘alaba orqali Qudratillo Abduqahhorov WBC Silver kamarini o‘zida saqlab qola oldi.

Bokschi g‘alabadan so‘ng ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida quyidagicha xabar qoldirdi:

Assalomu alaykum, vatandoshlar. Bu bizning g‘alabamiz. O‘zbek xalqining g‘alabasi. Qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun katta rahmat. O‘zbekiston, seni sevaman.

Qudratillo Abduqahhorov, bokschi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют