» » Foto: Samarqandning turizm-politsiyachilari segveydan foydalanishni boshladi

Foto: Samarqandning turizm-politsiyachilari segveydan foydalanishni boshladi


Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasining Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari O‘zbekistonda birinchi bo‘lib segvey (segway)dan foydalanishni boshladi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Tezligini soatiga 20 kilometrgacha oshira oladigan bu segveylar avtomobillarda harakatlanib bo‘lmaydigan, gavjum joylarda ham erkin harakatlanish, xavf tug‘ilganda sayyohlarning oldiga tezda yetib borish imkonini beradi.

Bundan tashqari, Samarqandning turistlar ko‘p tashrif buyuradigan obyektlari atrofida xavfsiz turizm xodimlari uchun maxsus ko‘char xonalar tashkil etildi. Bu xonalarda sayyohlarning xavfsiz harakatlanishini kuzatib borish mumkin.

Xavfsiz turizm boshqarmasi uchun ajratilgan xizmat avtobusi ham turistik nuqtai nazardan qayta jihozlanib, ichki qismida sayyohlarning murojaatlarini qabul qilish, ularga turli maslahatlar bilan ko‘maklashish uchun shart-sharoit yaratildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 93) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют