» » Toshkent shahridagi “Namunali kitob do‘koni” aniqlandi

Toshkent shahridagi “Namunali kitob do‘koni” aniqlandi


“Har bir shahar va qishloqda — zamonaviy kitob do‘koni” aksiyasi doirasida “Namunali kitob do‘koni” tanlovining Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga Matbuot va axborot agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Kitob do‘konlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali aholiga namunali xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida Navro‘z bayrami arafasida g‘olibni aniqlash uchun idoralararo ishchi guruhi tuzilib, belgilangan me’zonlar asosida poytaxtdagi kitob do‘konlari faoliyati baholandi.

Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi, Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tanlovda “Sharq ziyokori” MChJ Toshkent shahridagi “Namunali kitob do‘koni” tanlovining g‘olibi deb topilib, tashkilotchilar tomonidan maxsus diplom bilan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2018, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют