» » Superliga. Legionerlar gol urgan o‘yinda “Paxtakor” AGMK ustidan g‘alaba qozondi

Superliga. Legionerlar gol urgan o‘yinda “Paxtakor” AGMK ustidan g‘alaba qozondi


Hozirgina Superliganing 3-turi doirasida “Paxtakor” — AGMK uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Unda mezbon jamoa g‘olib bo‘ldi.

Avvaliga bahsning 13-daqiqasida chap qanotdan Farruh Sayfiyev oshirgan pasdan so‘ng “Paxtakor” legioneri Tiago Bezerra hisobni ochdi. O‘yinning 21-daqiqasida Tiago Bezerra yiqitilgani uchun AGMK darvozasiga penalti belgilandi. 11 metrdan zarba bergan yana bir legioner Ismoil Gonsalvesh adashmadi va hisobning 2:0 ko‘rinish olishini ta’minladi.

42-daqiqada hakam “Paxtakor” darvozasi tomon penalti belgiladi. AGMK legioneri Yovan Jokich esa hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu hisob o‘yin oxiriga qadar o‘zgarmay qoldi.

3-tur bahslari bugun “Qizilqum” — “Nasaf” o‘yini bilan yakunlanadi.

O‘zbekiston Superligasi

3-tur bellashuvi

18-mart, yakshanba

Gollar: 1:0 —  13 Tiago Bezerra. 2:0 — 21 Ismoil Gonsalvesh. 2:1 — 42 Yovan Jokich.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют