» » Chiroqchida niqobli bosqinchilar hamqishloq ayolni o‘ldirish bilan qo‘rqitib, puli va tillasini olib ketdi

Chiroqchida niqobli bosqinchilar hamqishloq ayolni o‘ldirish bilan qo‘rqitib, puli va tillasini olib ketdi


Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida 13-mart kuni 3 nafar noma’lum shaxs yuziga niqob, qo‘llariga qo‘lqop kiygan holda Chuvilloq qishlog‘ida yashovchi D. Qulmurodovaning uyiga bostirib kirdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.

Ayolning qo‘llarini skotch bilan bog‘lab, o‘ldirish bilan qo‘rqitib, temir seyfidan 500 dollar va yetti turdagi zargarlik buyumlarini olib, voqea joyidan yashirindi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni shu qishloqda yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan A. Abdunorov, Xo‘jaobod qishlog‘ida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan X. Hamzayev va 1995-yilda tug‘ilgan N. Umarov sodir etgani aniqlandi.

Bosqinchilar qo‘lga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2018, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 44) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют