» » Samarqandda tramvayning ikkinchi tarmog‘i ishga tushirildi

Samarqandda tramvayning ikkinchi tarmog‘i ishga tushirildi


Samarqandda uzunligi 5 kilometr bo‘lgan ikkinchi “Vokzal—Siyob bozori” tramvay tarmog‘i foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Liniyada 18 ta bekat bo‘lib, 8 ta tramvay vagoni 7 daqiqa oraliqda harakatlanadi. Tarmoqni yanvarda ishga tushirish rejalashtirilgandi.

Samarqandda tramvaylar harakatini yo‘lga qo‘yish tashabbusi o‘tgan yilning aprelida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan edi. Birinchi liniyaning uzunligi 6,4 kilometr bo‘lib, vokzalni Sartepa mavzesi bilan bog‘laydi.

Tramvaylar harakati uchun 6 ta elektr stansiyasi qurildi. Ro‘dakiy va Gagarin ko‘chalari chorrahasida tramvay deposi joylashgan.

Tramvaylar parki 21 mashinadan tarkib topgan. Kelgusida yana 42 ta vagon yetkazib berish rejalashtirilgan. Endigi navbatda Narpay ko‘chasidan Kimyogarlar shaharchasiga bo‘lgan 8,6 kilometr masofaga temir yo‘l yotqizish belgilangan.

Ma’lumot uchun, Samarqandda tramvay tizimi 1947-yildan 1973-yilgacha faoliyat ko‘rsatgan. 2016-yil mayida esa Toshkentda 100 yildan ortiq ishlagan tramvay harakati to‘xtatildi. Poytaxtdagi vagonlar Samarqandga yetkazib berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2018, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют