» » Bu javobni oqisa, hayratlanib, Diana boshqatdan olardi! Yoxud Kattaqorgon tuman hokimligi javobiga javob

Bu javobni oqisa, hayratlanib, Diana boshqatdan olardi! Yoxud Kattaqorgon tuman hokimligi javobiga javob


Samarqand viloyatining Kattaqorgon tumanida 23 yoshli oqituvchi ayolning kocha tozalash ishlari chogida KamAZ tagida qolib halok bolgani yuzasidan surishtiruv olib borib, Xabar.uz nashrida maqola elon qilgan jurnalist Karimberdi Toramurod Kattaqorgon tuman hokimining orinbosariM.Muzaffarovva Samarqand viloyat xalq talimi boshqarmasi boshligi orinbosariQ.Saidov imzolaganjavob xatini oldi. Daryo jurnalistning ushbu javob xatga bagishlangan maqolasini oz holicha elon qiladi.

Kattaqorgonda kocha tozalashga olib chiqilgan yoshgina oqituvchi fojialihalok boldi.

Voqea sodir bolgan joyga bordim. Hammasini kozim bilan kordim. Prezidentning Samarqand viloyatiga tashrifi oldidan kozni boyash uchun kochalar, ortadagi tosiqlar boyalayotganini, oqituvchilar kochalarni supurib, yol chetlaridagi otlarni qirib yurganini kordim, suratga oldim.

Halok bolgan Diana Yenekeyevaning oilasiga, u ishlagan maktabga bordim, oqituvchilar bilan gaplashdim. Ular kocha tozalashga borganlarini aytib berishdi. Bularni diktofonga yozib oldim.

Korgan-bilganlarim Xabar.uzda bosildi, odamlar oqidi. Kattakonlar ham.

Ammo bugun maqolam yuzasidan Kattaqorgon tuman hokimining orinbosariM.Muzaffarovva Samarqand viloyat xalq talimi boshqarmasi boshligi orinbosariQ.Saidov imzolaganajabtovurjavob xati oldim.

Ajabo! Bu javobni oqisa, hayratlanib, ...Diana boshqatdan olardi!

Maktab oqituvchilari, jumladan Diana Yenikeyeva ham hech qanday yol chetini tozalash, supurish uchun chiqarilmagan, debdi kap-katta amaldorlar.

Maqolaga berilgan bu javob rasmiy tusda bolsa-da, u negadir tuman hokimligi yoki viloyat xalq talimi boshqarmasining rasmiy blankasiga yozilmagan. Unda na manzil va na bayonotning chiqish sanasi korsatilgan. Muhr ham bosilmagan.

Organishlar natijasiga kora, maktab oqituvchilari, jumladan Diana Yenikeyeva ham hech qanday yol chetini tozalash, supurish uchun chiqarilmagan. Qolaversa, bunday ishlar joylardagi obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining vazifasiga kiradi. Talim muassasalarida esa oqituvchilar emas, balki xojalik ishlari boyicha masul xodimlar, bogbonlar shugullanadi, deyiladi bu xatda.

Ajabo, nega undaM.MuzaffarovvaQ.Saidovimzolagan bu javob xatida yosh pedagogning ish vaqtida katta trassada nima qilib yurgani haqidagi savol kotarilmagan? Nega unda maqolamizda keltirilgan guvohlarning osha kuni va ertasiga ham kocha tozalashga chiqarilgani haqidagi gaplarini etiborga olishmagan.

KamAZ haydovchisiga jinoiy ish qozgatildi deb meni tinchlantirmoqchi bolgan kattakonlar aslida mening yuragimga gulgula solmoqchi bolishganiga aqlim yetib turibdi. Ular Hozircha KamAZ haydovchisiga jinoiy ish ochdik, ammo Hech kim hech qanaqa kocha tozalashga chiqarilgani yoq degan safsatamizga odamlarni, odamlar-ku, ikki dunyoda ishonmaydi, kattakonlarni ishontirib olsak, yolgon maqola yozgan jurnalist sifatida senga ham jinoiy ish ochamiz, demoqchi aslida.

Qiziq, mening yoq narsalar kozimga korinadigan kasalim yoq edi. Shuncha kundan beri kocha tozalab yurgan oqituvchilarni oz kozim bilan kordim deb yuruvdim. Endi ikkilanib qoldim. Bu gallyutsinatsiyamidi? Unda kimlarni suratga oldim ekan?

Kattaqorgongina emas, Pastdargom tumanida ham oqituvchilar kocha supurib, tosiqlarni oqlab yurishganini ozim korgandim-ku? Ozim gaplashgandim-ku? Nahotki men arvohlar bilan gaplashgan bolsam?

Hatto hamkasblari olib ham Kattaqorgondagi 42-maktabning boshqa oqituvchilari kocha tozalab yurishuvdi-ku?

Men-ku mayli, kasaldirman, kozimga koringandir, ammo diktofonimdagi 15 kundan beri kocha tozalaymiz, prezident kelib ketmaguncha tozalashga chiqasizlar deyishgan degan ovozlar ham arvohlarnikimi?

Meni kasal ekanimga, yoq narsalar kozimga korinishiga ishontirishar kattaqorgonlik amaldorlar, ammo butun boshli tumandagi 15 kundan beri kocha supurib, tosiq oqlab yurgan barcha oqituvchilarning ogzini tikib chiqa olisharmikan?

Eh, kattakonlar, kattakonlar! Qachon yolgonchilikni tashlaysizlar?

Boshqalar mayli, Samarqand viloyati xalq talimi boshqarmasi boshligining orinbosari bolgan muhtaram Q.Saidov, siz uyalmadingizmi kozingizni loq qilib yolgon gapirishga, betayinlarcha yozilgan soxta javobga qol qoyishga? Axir xalq talimi boshqarmasida ishlasangiz, hoynahoy, oqituvchi xalqidan chiqqan bolsangiz kerak?

Xalq talimi vaziri orinbosari Bas, yetar! Oqituvchilarni tinch qoying. Hamma oz ishini qilsin. Parlament azolari, deputatlar va boshqa davlat organlari kelinglar bir meyoriy hujjat ishlab chiqaylik. Millat taqdiri-ku axir! deb voqeagaoz munosabatini bildirib turganida, siz bu fojiani tan ololmadingiz.

Q.Saidov, siz viloyat oqituvchilariga bosh bola turib, bir oqituvchingizga, uning ruhiga xiyonat qildingiz. Diana Yenikeyeva hech qanday yol chetini tozalash, supurish uchun chiqarilmagan deb unga tuhmat qildingiz! Bilmasangiz, bilib qoying: qiyomat kuni Diananing ikki qoli sizning yoqangizda boladi!

Etiboringizga ozim olgan ayrim oqituvchilarning suratlarini havola qildim. Bilaman, axtarib topib, hammasini jazolaysiz, xalq talimi tizimidan yoq qilasiz, shuning uchun hammasini chop etmayman! U yogi, bor bolsa, vijdoningizga havola!

Karimberdi Toramurod



Manba: Daryo.uz
: admin (19-03-2018, 09:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -