» » Samarqandda “Ezgulik kutubxonasi” ish boshladi (foto)

Samarqandda “Ezgulik kutubxonasi” ish boshladi (foto)


Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘i oldida “Ezgulik kutubxonasi” tashkil etildi, deb xabar beradi O‘zA.

“Mazkur loyiha mualliflari – Xayrulla Mamasoliyev, Oybek Ostonov, Dilshod Alimov shaharda bu kabi kutubxonalar sonini 35 taga yetkazishni maqsad qilgan”, — deyiladi xabarda.

“Mamlakatimizda aholi o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilayotgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu maqsadni o‘zida mujassam etgan mazkur loyiha kelgusida bosqichma-bosqich takomillashtirilib boriladi. Joriy yil yakuniga qadar oliy o‘quv yurtlari, bozorlar, avtoshohbekatlar, vokzal va aeroport hududlarida, bog‘lar va mahallalar markazlari, aholi gavjum joylarda ana shunday kutubxonalar tashkil etishni rejalashtirganmiz. Ularni zarur adabiyotlar bilan ta’minlashga homiylar tashabbus bildirmoqda”, – deydi loyiha mualliflaridan biri Oybek Ostonov.

Kutubxona “Bitta kitob olsang, bitta kitob qo‘y!” shiori ostida ommaning barcha qatlami uchun xizmat ko‘rsatadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют