» » Trampning qizi va kuyovi bo‘lgan vertolyot dvigatellardan biri ishdan chiqqani tufayli aeroportga qaytishga majbur bo‘ldi

Trampning qizi va kuyovi bo‘lgan vertolyot dvigatellardan biri ishdan chiqqani tufayli aeroportga qaytishga majbur bo‘ldi


AQSh prezidenti Donald Trampning qizi va kuyovi bo‘lgan vertolyot dvigatellardan biri pand bergani tufayli Vashingtondagi aeroportga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.

CNN telekompaniyasiga ko‘ra, hodisa bir necha kun avval ro‘y bergan, biroq bu haqda OAVga endi ma’lum bo‘ldi.

AQSh prezidenti maslahatchilari lavozimini egallab turgan Ivanka Tramp va uning turmush o‘rtog‘i Jared Kushner Vashingtondan Nyu-Yorkka yo‘l olgandi, biroq parvozdan ko‘p o‘tmay vertolyot dvigatellaridan biri ishdan chiqdi.

Uchuvchi zudlik bilan poytaxtdagi Ronald Reygan nomli aeroportga qaytishga qaror qildi.

Havo kemasi muvaffaqiyatli qo‘ndi, dvigatelning nosozligi sababi oshkor etilmadi. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют