» » Shavkat Mirziyoyev o‘zini qachon eng baxtli deb hisoblashini aytdi (video)

Shavkat Mirziyoyev o‘zini qachon eng baxtli deb hisoblashini aytdi (video)


Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida 17-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida viloyat faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. “O‘zbekiston 24” telekanalining “Tahlilnoma” dasturida yig‘ilishdan reportaj ko‘rsatildi.

Yig‘ilish davomida ma’ruza qilgan Davlat rahbari viloyat faollarini mamlakat kelajagi, farzandlar va nevaralarning yanada farovon hayoti uchun tinim bilmay mehnat qilishga chaqirdi. Shu bilan birga, u o‘zini qachon eng baxtli inson deb hisoblashini ham aytdi.

Samarqand xalqi: “Hayotim sal o‘zgardi, yengil bo‘ldi, ko‘kragimga oftob tegdi, yuragimda oz bo‘lsa-da adolat uchquni paydo bo‘ldi” desa, shundan baxtliroq kunim bo‘lmaydi. Bilasizlarmi, nevara, farzanddan katta boylik, baxt yo‘q o‘zi dunyoda. Nevaralar baxtli bo‘lishi uchun esa sizu biz xalqqa xizmat qilishimiz kerak.

Hammangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xotirjamlik tilayman. Atrof tinch bo‘lsin, obod bo‘lsin. Atrofda munosabat o‘zgarsa, keyin biz hammamiz baxtli bo‘lamiz. Ilohim, baxtli kunlarimiz har vaqt bizga hamroh bo‘lsin. Yurtimizga ko‘z tegmasin, sog‘ bo‘linglar!

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2018, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют