» » “O‘qituvchiga munosabat o‘zgarishi shart!” Parlament deputati majburiy mehnatni Oliy Majlis muhokamasiga kiritishga va’da berdi

“O‘qituvchiga munosabat o‘zgarishi shart!” Parlament deputati majburiy mehnatni Oliy Majlis muhokamasiga kiritishga va’da berdi


Xalqaro ishlar va parlametlararo aloqalar qo‘mitasi va “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining fraksiyasi a’zosi, deputat Qodir Jo‘rayev Kattaqo‘rg‘onda halok bo‘lgan yosh o‘qituvchi voqeasiga munosabat bildirdi. Facebook’dagi sahifasiga joylagan sharhida u majburiy mehnat masalasini Oliy Majlis muhokamasiga kiritishga harakat qilishini ta’kidladi.

O‘qituvchiga nisbatan munosabat o‘zgarishi shart!

Qadrli do‘stlar, aziz hamkasblar! Oxirgi 2–3 kundan beri Samarqand viloyatida yosh o‘qituvchi — Diana Yenikeyevaning (singlimizni Xudo rahmat qilsin!) bevaqt o‘limiga sabab bo‘lgan mudhish fojiadan so‘ng mamlakatimizda ta’limga, o‘qituvchilarga bo‘lgan munosabat to‘g‘risida turli fikrlar bildirilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab yurtdoshlarimiz o‘qituvchining jamiyatimizdagi hozirgi past mavqeini alohida qayd etib, ushbu holatni keskin tanqid ostiga olmoqdalar. Aksariyat fikr-mulohazalar juda o‘rinli, ularda jon bor.

Hammamiz yaxshi bilamiz, azal-azaldan xalqimizda ustoz va murabbiylar hamisha qadrlanib, e’zozlanib kelingan. Biroq so‘nggi o‘n yilliklar davomida o‘qituvchining jamiyatdagi obro‘siga turli obyektiv va subyektiv sabablarga ko‘ra anchagina putur yetdi. Bunday salbiy holatning kelib chiqish sabablarini kovlashtirmagan holda bir narsani alohida aytmoqchiman: o‘qituvchini uning funksional vazifalariga kirmaydigan turli yumushlardan xalos qilishimiz, uning mavqeini yuksaltirib, jamiyatimizning eng obro‘li, eng mo‘tabar a’zosiga aylantirish yo‘lida qator chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz kerak. Ko‘cha supurish, daraxt oqlash, fermerga ko‘maklashish yoki maktabni remont qilish kabilar o‘qituvchining ishi emas. O‘qituvchini majburiy-ixtiyoriy xarakterdagi turli jamoat ishlariga jalb qilishga hech kimning haqi yo‘q!

Eng avvalo, o‘z hamkasblarim — hurmatli deputatlarimizga murojaat qilib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi tegishli muhokamalar va eshituvlar paytida bu masalaga alohida e’tibor qaratishni iltimos qilaman. Zero, jamiyatdagi muammolar ko‘pchilik tomonidan, xususan, saralangan qatlam — xalq vakillari tomonidan tan olinib, keng muhokama qilingan taqdirdagina hal bo‘lishi mumkin!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют