» » Narxozni tanqid qilgan deputat Abduqodir Toshqulov TDUga rektor boldi (video)

Narxozni tanqid qilgan deputat Abduqodir Toshqulov TDUga rektor boldi (video)


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abduqodir Toshqulov Termiz davlat universiteti rektori etib tayinlangani bildirilmoqda. Bu haqda bloger Xushnudbek Xudayberdiyev Facebookdagi sahifasida malum qildi.

Xabarlarga ko’ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abduqodir Toshqulov Termiz davlat universiteti rektori etib tayinlanibdi. Abduqodir aka, yangi ishonch muborak bo’lsin! Ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga o’z hissangizni kutilganidan a’lo darajada qo’sha olishingizga ishonaman! deyiladi sahifada qoldirilgan yozuvda.

Universitetning rasmiy saytida bu tayinlov haqida malumot berilmagan va oliy oquv yurti rektori sifatida professor Mamat Xaydarov qayd etilgan.

Malumot uchun,Abduqodir Toshqulov1976-yil 29-avgust kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tugilgan. 1998-yili Termiz davlat universitetini moliya va kredit mutaxassisligi boyicha tamomlagan, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.

Ozbekiston Liberal-demokratik partiyasi (OzLiDeP) azosi. 2010-yildan hozirgi vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati (70-Termiz saylov okrugidan saylangan). Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qomitasi azosi.

Abduqodir Toshqulov onlayn videomuloqotdavomida Xalqaro press-klub va uning masullarini tanqid ostiga olgan, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga kirish imtihonlaridagi shubhali tasodiflargamunosabat bildirib, universitetda avval ham shunday bolganini takidlagandi.

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (8-09-2017, 10:42)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 8) ( 0) ( 6) ( 2)
:
-
:
20 ... -