» » Video: Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy ziyoratgohida qilgan duo

Video: Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy ziyoratgohida qilgan duo


“O‘zbekiston 24” telekanalida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga amalga oshirgan tashrifiga bag‘ishlangan reportajda Davlat rahbarining Imom Buxoriy ziyoratgohida qilgan niyatlari, o‘qigan duosi ko‘rsatildi.

Xudo taoloning o‘zi, ulug‘ bobolarimiz bizga madadkor bo‘lib, kuch-qudrat berib turibdi. Xalqimizning og‘irini sal yengil qilsak, ana shunda shu buyuk ajdodlarimizga munosib bo‘lamiz. Hozir qilayotgan hamma harakatlarimiz shu bilan chambarchas bog‘liq. Bahorning ilk kunlarida, Navro‘zi ayyom arafasida shu ziyoratga kelishimiz bejiz emas.

Mana shu bobomiz ko‘p og‘ir, mushkul masalalarimizni yechishga madadkor bo‘lib kelyaptilar. Sizlarga katta rahmat — masjidlarda, juma namozlarida xalqimizni insof, diyonat, mehnatga chaqirishga juda katta urg‘u beryapsizlar.

Harakat bo‘lmagan davlatda baraka bo‘lmaydi. Mana, ekin-tekinlarni boshlayapmiz, Xudoning o‘zi balo-qazosidan asrasin. Iloyim, birimiz ikki bo‘lsin. Dalaga chiqib, mehnat qilayotgan xalqimizning dasturxoni butun bo‘lsin. Hamma niyatlarimizni amalga oshirib, Xudo kelgusi yil shu kunlarda eson-omon shu yerlarda ko‘rishish nasib qilsin.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Prezident Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilgani haqida avval ham xabar berilgan edi. Shu yerda Shavkat Mirziyoyevga majmuani rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha taqdimoti o‘tkazilgan edi. Prezident loyihani takomillashtirish, majmuadagi sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2018, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 79) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют