» » Shavkat Mirziyoyev: Kim bizni boqadi? Tadbirkor! (video)

Shavkat Mirziyoyev: Kim bizni boqadi? Tadbirkor! (video)


Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida 17-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ma’ruza qilgan Davlat rahbari yig‘ilganlarni balandparvoz gaplarga berilmaslikka chaqirdi.

Samarqandda masalalarimiz juda ko‘p. Samarqand katta el, katta viloyat. Men sizlarga bir rost gapni aytayin — Samarqand o‘z imkoniyatlaridan hali 50 foiz ham foydalanmayapti.

Odamlarni tadbirkor qilib ishlata olmadik, bozor iqtisodiyotiga o‘rgata olmadik, odamlar o‘z ishini tashkil qilishi uchun sharoitlar yarata olmadik desak, bu ham adolatdan. Kim bizni boqadi? Tadbirkor boqadi. Shu tadbirkorga sharoitlarni yaratib bera olganimizda edi.

Biz Samarqandni gapirayotganda “mana, avtozavod bor”, deb gapiramiz. U avtozavodning Samarqand byudjetiga foydasi 0,001 foiz ham emas. Hech birining. Men buni juda yaxshi bilaman.

Odamlarni ish joylari bilan ta’minlasak, odamlar o‘z o‘rnini topib ketadi. Agar biz balandparvoz gaplar gapirib, “Hamma narsa zo‘r, falon foiz”, deb yuraversak. Mana, eshitdilaring, biror marta foizlarni gapirmayapmiz. Foizni kim berishi kerak bizga? Xalq baho berishi kerak.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev o‘zini qachon eng baxtli deb hisoblashini aytdi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют