» » Kseniya Sobchak Putinga siyosiy mahbuslar ro‘yxatini berdi

Kseniya Sobchak Putinga siyosiy mahbuslar ro‘yxatini berdi


Rossiya prezidenti lavozimiga sobiq nomzod Kseniya Sobchak amaldagi davlat rahbari va saylov g‘olibi Vladimir Putinga o‘zi siyosiy mahbuslar deb hisoblaydigan 16 kishining ro‘yxatini berdi. Bu haqda uning ishonchli vakili, siyosiy texnolog Marina Litvinovich ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.

“Putin ushbu ro‘yxatni qarab chiqishga va’da berdi. Biroz umid bor”, — deb yozdi Litvinovich Facebook’da.

Litvinovichning so‘zlariga ko‘ra, Putinga ro‘yxatni berish va ushbu odamlarni “ozod etishni talab qilish” — Sobchakning u bilan uchrashuvdan asosiy maqsadlari bo‘lgan.

Prezidentlikka sobiq nomzodlardan yana biri — Boris Titov, o‘z navbatida, Putinga Rossiyada jinoiy ta’qibdan qochib, Londonga yashiringan, ammo, uning so‘zlariga ko‘ra, qaytib kelishni istayotgan tadbirkorlar ro‘yxatining “to‘liq versiyasi”ni bergan.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin 18-mart kuni bo‘lib o‘tgan Rossiya prezidenti lavozimiga saylovlarda 76 foizdan ziyod ovoz to‘plab, g‘olib bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют