» » Xiaomi Mi MIX 2S: Smartfonning rasmiy suratlari paydo bo‘ldi

Xiaomi Mi MIX 2S: Smartfonning rasmiy suratlari paydo bo‘ldi


Xiaomi kompaniyasi xitoylik reper, aktyor va model Kris Vu qo‘lida ushlab turgani tasvirlangan o‘zining navbatdagi smartfoni suratlarini taqdim etdi, deb xabar berdi Hi-Tech.Mail.Ru.

Bundan tashqari kompaniya Mi MIX 2S’ning 27-mart kuni Shanxayda bo‘lib o‘tadigan taqdimotiga maxsus taklifnomalarni ham tarqatdi. Shuningdek, smartfonning Pompidu markazidagi namoyishiga o‘n nafar omadli Parijga aviachiptaga ega bo‘ladi.

Suratlardan ko‘rish mumkinki, Mi MIX 2S’ning tashqi ko‘rinishi o‘zidan oldingi modellarnikidan keskin farq qilmaydi. Shu bilan birga Kris Vu barcha suratlarda smartfonning pastki qismini qo‘li bilan yopishga uringan, shu sabab selfi kamerasi qayerda joylashishi hozircha noma’lum.

Mi MIX 2S’ning o‘ziga xos jihati — Snapdragon 845 protsessori va sun’iy intellektrga ega ikkitalik asosiy kamerasi. Taxminlarga ko‘ra, sensorlaridan biri Sony IMX263 bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, uning tezkor xotirasi 8 gigabaytga, ichki xotirasi esa 256 gigabaytga teng bo‘ladi. Mi MIX 2S’da simsiz quvvatlanish funksiyasi ham mavjud. Akkumulyator sig‘igimi 3400 mA/soat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют