» » Tarmoqlarda Huawei P20 Lite smartfonining suratlari paydo bo‘ldi

Tarmoqlarda Huawei P20 Lite smartfonining suratlari paydo bo‘ldi


Huawei kompaniyasi 27-mart kuni o‘zining yangi P20 flagmanining taqdimotini o‘tkazadi. Smartfonning o‘ziga xos jihati — uning ekranini yuqori qismi hisoblanadi, deb xabar berdi Hi-Tech.Mail.Ru.

Suratlardan ko‘rish mumkinki, yangi Huawei smartfonini yaratishda iPhone X dizaynidan ilhomlanilgan. Buni uning ekrani yuqori qismidagi qirqimdan hamda vertikal joylashgan ikkitalik kameradan payqash mumkin. P20 Lite korpusining orqa qopqog‘i oynadan va metall hoshiyadan ishlangan.

Smartfonga Full HD+ kengaytmali 5,84 dyuymli ekran o‘rnatiladi. P20 8 yadroli protsessor yordamida ishlaydi. Tezkor xotirasi 4 gigabaytga, ichki xotirasi esa 64 gigabaytga teng. Shuningdek, unga sig‘imi 3000 mA/soat bo‘lgan akkumulyator hamda 16+2 megapiksellga teng ikkitalik kamera o‘rnatiladi.

Smartfon hozirda 369 yevroga baholanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют