» » Shavkat Mirziyoyev: Xitoyda 8 sotix yeri bor odam boy hisoblanadi (video)

Shavkat Mirziyoyev: Xitoyda 8 sotix yeri bor odam boy hisoblanadi (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi davomida ishtixonlik dehqon Toshquvvat Rajabov xonadonida mehmon bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. “O‘zbekiston 24” telekanali mazkur tashrif haqida reportaj namoyish etdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev o‘zini qachon eng baxtli deb hisoblashini aytdi (video)

Muloqot davomida xonadon egasi ko‘p yillar davomida tomorqadan aytarli foydalanmagani, jumladan, issiqxona tashkil etishdan biroz xavotirlanganini tan olgan. O‘z navbatida, O‘zbekiston Prezidenti tomorqalar juda katta imkoniyat ekanligini ta’kidlagan.

Hech kim kelib, sizni yo O‘zbekistonni boy qilishni xohlamaydi. Dunyoda harakat qilmay manfaat topgan davlat ham yo‘q, xalq ham yo‘q, kechirasiz-u, xonadon ham yo‘q.

Juda katta imkoniyatimiz bor-da, lekin 27 yil mana shu imkoniyatdan foydalanmadik. 8 sotix yeri bor odam Xitoyda badavlat odam hisoblanadi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Prezidentning ishtixonlik dehqon xonadoniga tashrifi vaqtida bildirgan fikrlari avval ham e’lon qilingan edi. Shavkat Mirziyoyev, jumladan, shunday degan edi: “Bizning qishloqlarimizda bundan ham katta tomorqalar bor. Undan samarali foydalanilsa, xalqimiz bemalol boy yashasa bo‘ladi”.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Tomorqalardan foydalanib, xalqimiz bemalol boy yashasa bo‘ladi

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev tomorqachilik bo‘yicha Samarqand tajribasini yo‘lga qo‘yish haqida ko‘rsatma bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют