» » Shavkat Mirziyoyev — qo‘shrabotlik oqsoqolga: “Besh foiz sizdan aylansin” (video)

Shavkat Mirziyoyev — qo‘shrabotlik oqsoqolga: “Besh foiz sizdan aylansin” (video)


Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida 17-mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida Prezident, so‘nggi oylar an’anasiga muvofiq, viloyatning har bir tumanidan murojaatlarni shaxsan o‘zi qabul qildi.

Jumladan, qo‘shrabotliklar bir necha murojaat yo‘lladi. Ulardan biri qishloq xo‘jalik texnikalarini imtiyozli kredit asosida olish bo‘yicha yordam ko‘rsatish iltimosi bo‘ldi.

Qo‘shrabot tumanida 2017-yilda shirkat xo‘jaliklari tugatilib, fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. Bu fermer xo‘jaliklari hozirgi vaqtda iqtisodiy jihatdan baquvvat emas. Sizning 2018-yil 4-yanvardagi qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni yanada kuchaytirish to‘g‘risidagi qaroringiz tumanimiz fermer xo‘jaliklari orzusidagi hujjat bo‘ldi. Shu qarorga asosan, tumanimiz fermerlariga 15 ta haydov va 15 ta chopiq traktorlari uchun 5 foizlik stavka bilan 10 yil muddatga kreditlar ajratishga amaliy yordam bersangiz, biz, qo‘shrabotliklar yanada xursand bo‘lgan bo‘lur edik. E’tiboringiz uchun rahmat!

Qo‘shrabotlik oqsoqol

Prezident qo‘shrabotlik faolning ushbu murojaatini yuzda tabassum bilan qabul qilib, shunday javob qaytardi:

Iloyim, bundan ham xursand bo‘lib yuravering, shu 5 foiz sizdan aylasin — qilib beraman shu 10 traktorni (yuzda tabassum bilan).

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 64) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют