» » “Ustozlari o‘lsa KAMAZ ostida, avtobus ichida yongay shogirdlar!”. Kattaqo‘rg‘onlik o‘qituvchi Diana Yenikeyevaga bag‘ishlangan marsiyalar (audio)

“Ustozlari o‘lsa KAMAZ ostida, avtobus ichida yongay shogirdlar!”. Kattaqo‘rg‘onlik o‘qituvchi Diana Yenikeyevaga bag‘ishlangan marsiyalar (audio)


Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida 14-mart kuni ko‘cha tozalash ishlariga jalb qilingan (mahalliy hokimlik bayonotiga ko‘ra, hech qanday ko‘cha tozalash ishlariga jalb qilinmagan) 23 yoshli o‘qituvchi Diana Yenikeyeva KAMAZ yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi.

Mazkur hodisa jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘ldi. Shoirlar Nodir Jonuzoq va Xayrulla Hamidov esa bir bolasi yetim qolgan o‘qituvchiga atab marsiyalar yozdi. “Daryo” she’rlarning matnli va audio-talqinlarini e’tiboringizga havola etadi.

...Esimdan chiqqandi ul og‘ir holat,

Ketib ham qolgandim g‘amga suyana.

Tushuntirib berdi menga sababin

Ko‘chada farroshlik qilgan Diana:

«Yurak eziladi sukut dastidan —

Jimlik haqindagi ko‘hna o‘gitlar...

Ustozlari o‘lsa Kamaz ostida,

Avtobus ichida yongay shogirdlar!»

Dilimda nashtarday bir savolim bor

(Beziyon savollar qatma-qat, lim-lim):

Millatning yuzini bosmasmi g‘ubor,

Ko‘cha supurishga chiqsa muallim?

Ne hol bu, maktabda yo‘qmi yo ishi?

Yo qora mehnatga tushganmi ishqi?

Nahotki qaytara olmas hech kishi,

Ko‘cha supurishga chiqsa muallim.

Jovdirab termilar ziyoli ko‘zi,

Dovdirab o‘rda ham, qirda ham o‘zi,

Hatto jujuqlarga o‘tmaydi so‘zi,

Ko‘cha supurishga chiqsa muallim.

“Yurtga nafi tegsa nima qipti, xo‘sh?!

Omborlar to‘ladi - sen ham ulush qo‘sh…”

Faqat, bolalarning miyasi bo‘m-bo‘sh,

Ko‘cha supurishga chiqsa muallim.

Ko‘zlari to‘rt bo‘lib kutgay bo‘sh sinf,

Umidi bo‘rday mo‘rt - to‘kilar sinib.

Darsini xayolda o‘tar xo‘rsinib,

Ko‘cha supurishga chiqsa muallim.

Holbuki, alqaydi zangor qutilar,

Yaltiroq so‘zlarga zeb berib qutlar...

Oh, nahot bir kuni o‘lib qutular,

Ko‘cha supurishga chiqsa muallim?!

Ming uzr, so‘zlarim tuyilsa achchiq,

Ne qilay, ko‘ksimda zaharli sanchiq,

Jonimni KAMAZlar ezg‘ilar yanchib,

Ko‘cha supurishga chiqsa muallim.

Siz-ku bir chetdasiz… Yaqinroq keling,

Shogirdsiz - zahmatin teppa-teng bo‘ling.

Qo‘lida supurgi, xokandoz bo‘ling,

Ko‘cha supurishga chiqsa muallim!

Mavzuga doir: “Olovsiz yonganlar — ellik uchinchi!”. Avtobusda yongan 52 o‘zbekistonlik haqida marsiyalar



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют