» » Shavkat Mirziyoyev: Uyimda 110 ta tovug‘im bor, har kuni 50 ta tuxum keladi (video)

Shavkat Mirziyoyev: Uyimda 110 ta tovug‘im bor, har kuni 50 ta tuxum keladi (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17—18-mart kunlari Samarqand viloyatida bo‘lib qaytdi. Tashrif davomida Davlat rahbari ishtixonlik dehqon Toshquvvat Rajabov xonadonida mehmon bo‘ldi.

Prezident matbuot xizmati ishtixonlik dehqon xonadonida bo‘lgan muloqotdan avval ko‘rsatilmagan lavhalarni internetga chiqardi. Unda kishi kim bo‘lishidan qat’i nazar — bosh vazirmi yo Prezident — har kuni mehnat qilishi zarurligini ta’kidlaganiga guvoh bo‘lish mumkin.

Bosh vazir bo‘lgan vaqtimda ham aytganman, hozir ham uyda 110 ta tovug‘im bor. Har kuni 50 ta tuxum keladi. Har kuni! Qishin-yozin!

Bozor kuni bolalarim bilan birga qarayman, tozalayman. Tamom. Qishloqqa tuxum yuboraman, qishloqdan qatiq bilan go‘sht keladi. Mana, biror joyim chiqqani yo‘q.

Bosh vazir bo‘lsang shoxing yo‘q-ku, Prezident bo‘lganing bilan ham shoxing chiqmaydi. Odam har kuni mehnat qilishi kerak!

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2018, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 23) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют