» » Yangi Zelandiyada “sigirlari bor uzun yo‘l bo‘yidagi ferma” manzili ko‘rsatilgan jo‘natma egasiga yetdi

Yangi Zelandiyada “sigirlari bor uzun yo‘l bo‘yidagi ferma” manzili ko‘rsatilgan jo‘natma egasiga yetdi


Yangi Zelandiyada aniq manzil o‘rniga “Sigirlari bor uzun yo‘lda, pab yonida yoki qarshisida joylashgan fermaga” deb ko‘rsatilgan jo‘natma o‘z manziliga yetkazildi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda, deb yozadi DailyAfisha.

Jo‘natmada, shuningdek, uni Kast shahriga Filip va Keyga yetkazish kerakligi ko‘rsatilgan edi. Pochta xodimlarining hikoya qilishicha, odatda bu kabi holatlarda jo‘natmalar uni yuboruvchilarga qaytarib jo‘natiladi, biroq mazkur holatda istisno qilishga qaror qilingan va Facebook’dagi guruhga post joylashtirilgan.

Bir necha soatdan so‘ng Filipning o‘zi jo‘natmani olish uchun pochta bo‘linmasiga kelgan. U Facebook’da ro‘yxatdan o‘tmaganligi tufayli jo‘natma haqida do‘stlari orqali xabar topgan. Filip pochtada o‘z uyi aks etgan otkritkani ko‘rsatgan.

Filip va Keyga jo‘natmani ularnikida bir necha marta mehmon bo‘lgan 70 yoshli Ayrin Mikings jo‘natganligi ma’lum bo‘ldi. Ayol ularga o‘zi tikkan sochiq va fartukni yuborgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют