» » Mudofaa vazirligining sport majmuasi maydonida Navro‘z munosabati bilan bayram sayli o‘tkazildi (foto+video)

Mudofaa vazirligining sport majmuasi maydonida Navro‘z munosabati bilan bayram sayli o‘tkazildi (foto+video)


O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining sport majmuasi maydonida Navro‘z munosabati bilan bayram sayli o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bayram saylida Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli, estrada xonandalari, shuningdek, Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri jamoasi hamda vazirlikning “Turon” teatr-studiyasi san’atkorlari ishtirok etdi.

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari sumalak, ko‘k somsa kabi bahoriy taomlardan totib ko‘rdi.

Bayram tadbiri rejasiga muvofiq bayram dasturidan o‘rin olgan milliy kuy va qo‘shiqlar, raqs va o‘yinlar, sport bellashuvlari, jumladan, arqon tortish, armrestling, mini-futbol, stol tennisi, voleybol va bolalar o‘rtasida shaxmat-shashka bo‘yicha musobaqalar, rasm chizish bo‘yicha viktorinalar bo‘lib o‘tdi.

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlarining qo‘l jangi hamda saf elementlari bilan ko‘rgazmali chiqishlari, Mudofaa vazirligi Markaziy xizmat itlari pitomnigi tomonidan ko‘rsatilgan mashqlar mehmonlar olqishiga sazovor bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют