» » Navro‘z marafonida uch sovrinli o‘rin ham Mudofaa vazirligi vakillariga nasib etdi (fotoreportaj)

Navro‘z marafonida uch sovrinli o‘rin ham Mudofaa vazirligi vakillariga nasib etdi (fotoreportaj)


O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamda O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi bilan hamkorlikda 20-mart kuni “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan Toshkent shahrining markaziy ko‘chalarida 21 kilometr masofadan iborat “Navro‘z — 2018 marafoni” bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan xabar berilishicha, marafonda Qurolli kuchlar harbiy xizmatchilari, uyushmagan yoshlar, ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari, faxriylar, ota-onalar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, o‘zaro madaniy-sport aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda jismoniy tarbiya va sportni yoshlarning kundalik turmush tarziga kiritish, sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida tashkil qilingan marafon rosmana bayramona tusda o‘tdi.

Marafonda ishtirok etish istagida bo‘lgan 16 yoshdan 30 yoshgacha ko‘ngilli yoshlar hamda faxriylar uchun maxsus sayt yaratilgan edi. Belgilangan rejalar o‘zining munosib samarasini berdi. 2018 metr, 3 va 21 kilometr masofalarda g‘oliblikka da’vogarlik qilgan ishtirokchilar o‘zlarining chiniqqanlik darajalarini namoyon qildi.

Mudofaa vazirligi Sport klubi a’zolaridan olti nafari g‘oliblar safidan o‘rin oldi. Jumladan, 2018 metrga yugurish bo‘yicha  birinchi o‘rin Qurolli kuchlar xizmatchisi Nurxon Muhiddinovaga nasib etdi. Uch kilometr masofaga yugurishda Mudofaa vazirligi Sport klubi a’zosi Jahongir Rahmatulliyev ikkinchi o‘rinni egalladi. 21 kilometr masofaga yugurishda ayollar orasida mutlaq g‘oliblikni Mudofaa vazirligi Sport klubi a’zosi Tamilla Kuchkarova qo‘lga kiritdi.

Erkaklar orasida 21 kilometr masofaga yugurishda uchchala sovrinli o‘rin ham Mudofaa vazirligi vakillari — Shohruh Davlatov (1-o‘rin), Vladislav Mamedov (2-o‘rin), Ortiq Ramazonovga (3-o‘rin) nasib etdi. Marafon g‘oliblari faxriy yorliq hamda velosiped bilan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют