» » Tramp Putinni prezidentlik saylovida erishgan g‘alabasi bilan tabrikladi

Tramp Putinni prezidentlik saylovida erishgan g‘alabasi bilan tabrikladi


AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni prezidentlik saylovida erishgan g‘alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda ikki davlat rahbarlarining telefon orqali muloqotidan so‘ng Kreml matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Tramp Putin bilan, jumladan, Davlat departamenti rahbariyatidagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, Rossiya va AQSh aloqalarining istiqbolini muhokama qildi.

“Yuqori darajadagi uchrashuv o‘tkazish ehtimolini ko‘rib chiqishga ham alohida e’tibor qaratildi”, — aniqlik kiritdi Kreml matbuot xizmati.

Shuningdek, Tramp va Putin AQSh tomoni tashabbusi bilan o‘tkazilgan muloqotda Suriya, Ukraina va Shimoliy Koreyadagi vaziyatni muhokama qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2018, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют