» » Putin Tramp bilan telefon orqali suhbatlashdi

Putin Tramp bilan telefon orqali suhbatlashdi


Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp telefon orqali suhbatlashdi, deya xabar bermoqda Rossiya prezidenti rasmiy sayti.

Ikki mamlakatning xalqaro maydondagi hamkorligiga oid bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi. Rossiya va AQShning Suriya inqirozi kontekstidagi xalqaro terrorizmga qarshi kurashdagi harakatlari koordinatsiyasi istiqbollariga urg‘u berildi.

Xususan, ikki mamlakat tashqi siyosiy muassasalari rahbarlari o‘rtasida jangovar harakatlarni to‘xtatish rejimini mustahkamlash, unga barqarorlik va nazoratlilikni berish imkonini beruvchi variantlarni qidirish bo‘yicha aloqani kuchaytirishga kelishib olindi.

Putin va Tramp telefon orqali aloqa bo‘lib turishga kelishib oldi va iyulda Gamburgda bo‘lib o‘tadigan G20 sammiti doirasida yuzma-yuz ko‘rishishni yoqlab chiqdi.

Опубликовано: admin (3-05-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют