» » Fransuz er-xotin farzandlarining enagasini jodugarlikda gumon qilib, yoqib yubordi

Fransuz er-xotin farzandlarining enagasini jodugarlikda gumon qilib, yoqib yubordi


London tashqarisida istiqomat qiluvchi fransuz er-xotin 21 yoshli enaga Sofi Lioneni o‘ldirganlikda ayblanmoqda, deb yozadi The Telegraph.

Yosh fransuz qizning kuyib ko‘mirga aylangan jasadi uy hovlisida kul qatlami tagidan topildi: qo‘shnilar gulxan va kuygan go‘sht hidini sezib, politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan. Sabrina Kuayder va eri Kissem Meduni o‘z farzandlarining enagasini jodugarlikda va brilliant taqinchoqni o‘g‘irlaganlikda gumon qilgan.

Bundan tashqari, er-xotin Lione Kuayderning sobiq eri bilan til biriktirib olganligiga ishonchi komil bo‘lgan.

Dastlab qizni asirlikda saqlab, kaltaklashgan, azoblashgan va och qo‘yishgan. Sofi o‘limining aniq sababini belgilash qiyin, deyiladi xabarda.

Ayolning o‘ldirilishi haqidagi ish bo‘yicha sud davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2018, 11:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют