» » Video: Ulkan chumolixo‘r yaguarni qo‘rqitib yubordi

Video: Ulkan chumolixo‘r yaguarni qo‘rqitib yubordi


Braziliyaning Pantanal mahalliy hududini kanoeda aylanib yurgan turistlar ulkan chumolixo‘r va yaguarning uchrashuvini tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar berdi National Geographic.

Mazkur hudud o‘zining noyob o‘simliklari va turfa hayvonot olami bilan mashhur: bu yerda qushlarning 1000 tan ortiq turi, baliqlarning 400, sut emizuvchilarning 300, reptiliyalarning 480 hamda umurtqasizlarning 9000 mingdan ortiq turini uchratish mumkin.

Yaguar suv ichgani kelgan ulkan chumolixo‘rga orqadan hujum uyushtirmoqchi bo‘ldi, biroq ulgurmadi: chumolixo‘r ortiga o‘girildi va ov shu joyida yakunlandi. Chumolixo‘rning yirikligidan qo‘rqib ketgan yaguarda uning ketishini kuzatib turishdan boshqa imkon qolmadi.

Ulkan chumolixo‘rlar tanasining uzunligi 217 santimetrga, og‘irligi esa 40 kilogrammgacha yetishi mumkin. Uning tishlari yo‘q, shunga qaramay kuchli panjalari ancha-muncha yirqichga jiddiy zarar yetkazishga qodir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют