» » Tbilisida teleboshlovchining Iso Masih haqidagi hazili tufayli tartibsizliklar yuz berdi

Tbilisida teleboshlovchining Iso Masih haqidagi hazili tufayli tartibsizliklar yuz berdi


Gruziya poytaxtida “Rustavi 2” telekompaniyasi binosi oldida “Gruzin marshi” harakati tomonidan norozilik aksiyasi uyushtirildi. Harakat yetakchilaridan biri Lado Sadgobelashvili politsiya tomonidan qo‘lga olindi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Namoyish 19-mart kuni ro‘y berdi. Aksiya ishtirokchilari P.S. dasturi boshlovchisi Georgiy Gabuniyaning so‘zlaridan keskin norozi bo‘lgan edi.

Jurnalist dasturning Ajariyadan daraxtlarning Guriyaga ko‘chirilishiga bag‘ishlangan bir sonida “Iso Masih ikki ming yil oldin targ‘ibot uchun Isroilga kelib adashgan edi” dedi.

“U 2–3 yil oldin Ajariyaga kelishi kerak edi, uni chormix qilishmas edi, negaki mintaqada xoch tayyorlash uchun daraxt qolmagan”, — deb hazillashdi Gabuniya.

Miting ishtirokchilari Gabuniya va telekanal yuristi Tamta Muradashvili o‘tirgan mashinaga hujum qildi. Ularning telekanal xodimlari bilan to‘qnashuvi natijasida sport jurnalisti David Eradzening burni sindi. Gabuniyaning mashinasiga ham zarar yetdi.

Politsiyalar tartibsizliklarning jami olti ishtirokchisini qo‘lga oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2018, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют