» » Gruziya bosh vaziri Batumidagi tartibsizliklarda “qo‘poruvchilik kuchlari”ni aybladi

Gruziya bosh vaziri Batumidagi tartibsizliklarda “qo‘poruvchilik kuchlari”ni aybladi


12-mart, yakshanbaga o‘tar kechasi Gruziyaning Batumi shahri markazida tartibsizliklar yuzaga keldi, ammo politsiya va maxsus topshiriqli bo‘linmalar u yerdagi vaziyatni to‘liq nazorat qilmoqda, deb yozadi “Interfaks” mahalliy OAVlarga tayanib.

Bir necha soat avval qirg‘inlar uyushtirgan aksiya ishtirokchilari endi ko‘chalarda yo‘q. O‘t o‘chirish mashinalari yetib kelib, yoqib yuborilgan axlat qutilari, shuningdek, fuqaro va politsiya avtomobillaridagi alangalarni o‘chirmoqda.

Maxsus topshiriqli bo‘linmalarning faol harakatlari boshlanishidan oldin Gruziya bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili teleefir orqali chiqish qilib, Batumidagi huquq-tartibot organlari “minimal javob ko‘rsatish rejimida turganligini” aytdi. Bosh vazir Batumidagi tartibsizliklarni tashkillashtirishda “qo‘poruvchilik kuchlari”ni aybladi, ular vaziyatni yomonlashtirishga uringanini aytdi.

Shahardagi tartibsizliklar 11-mart, shanba kuni kechqurun politsiyachilar olti nafar mahalliy fuqaroni hibsga olgach, boshlandi. Tartibsiz ravishda to‘plangan miting ishtirokchilari politsiya boshqarmasi binosiga bostirib kirishga urindi, ammo maxsus topshiriqli bo‘linmalar ko‘zni yoshlantiruvchi gaz va rezina o‘qlardan foydalanib, bunga yo‘l qo‘ymadi. To‘qnashuvlar natijasida bir necha kishi, shu jumladan, politsiyachilar jabrlandi.

Gruziya ichki ishlar vaziri qo‘lga olingan olti fuqaro ozod etilganini, ammo ular ma’muriy javobgarlikka tortilishini ma’lum qildi.

Опубликовано: admin (12-03-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют