» » Litva poytaxtida o‘quv yili uzaytirilishiga qarshi norozilik aksiyasi o‘tkazildi

Litva poytaxtida o‘quv yili uzaytirilishiga qarshi norozilik aksiyasi o‘tkazildi


Vilnyusda Litva ta’lim vazirligi tomonidan taklif etilgan va hukumat dasturiga kiritilgan o‘quv yilini ikki haftaga uzaytirishga qarshi norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Barchamiz ko‘proq dam olishni istaymiz, biroq Litvaning kelajagi o‘qish natijalariga ham bog‘liq. Afsuski, oxirgi natijalarga ko‘ra, ko‘rsatkichlarimiz tobora yomonlashib bormoqda, biz esa yilda 4 oy dam olamiz”, — deya ta’kidladi Litva ta’lim vaziri Yurgita Petrauskene.

Aksiya ishtirokchilari vazirning bu fikrlariga qo‘shilmasliklarini bildirmoqda.

“O‘quv yilining uzaytirilishi ta’lim sifatiga umuman bog‘liq emas. Masalan, Yevroittifoq davlatlari orasida o‘quv yili eng uzun bo‘lgan Ispaniyada o‘quvchilarning muvaffaqiyat ko‘rsatkichlari bizdan yuqori emas. Biz bu borada o‘rtalarda bo‘lsak kerak”, — deya ma’lum qildi aksiya qatnashchisi, ta’lim tizimi xodimlari kasaba uyushmasi a’zosi Gintaras Kapas.

Ta’lim vazirligi binosida o‘tkazilgan norozilik aksiyasida 400 ga yaqin kishi ishtirok etgani qayd etildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-04-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют